» » Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 milliondan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 milliondan oshib ketdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 14 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 14 108 240 kishini tashkil etmoqda.

Butun dunyoda hozirga qadar 602,6 mingga yaqin odam COVID-19 qurboniga aylangan bo‘lsa, 7,8 milliondan ortiq bemor sog‘aygan.

Koronavirus bilan kasallanish holatlarining aksariyati AQSh (3,6 milliondan ortiq), Braziliya (2,04 million), Hindiston (1,039 million), Rossiya (758 ming) hamda Peru (345 ming) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10 ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:

2020-yil 16-iyunda dunyo miqyosida COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 8 milliondan ortib ketgan, 23-iyunda 9 milliondan, 28-iyunda 10 milliondan, 4-iyulda 11 milliondan, 9-iyulda 12 milliondan. 1-iyul kuni esa 13 million nafardan oshganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Epidemiyadan keyin dunyoda birinchi bo‘lib Xitoy iqtisodiyotida o‘sish kuzatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют