» » Surxondaryo viloyati hokimi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi koronavirusga chalindi

Surxondaryo viloyati hokimi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi koronavirusga chalindi


Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati xalqaro ekspertlar va mahalliy mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi.

“Bugungi kunda ularning holati stabil deb topildi, olib borilayotgan davolash taktikasi to‘g‘riligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilayotgani ta’kidlandi”, — deb yozadi SSV.

18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 068 kishida koronavirus aniqlangan. Ushbu bemorlarning 9003 nafari sog‘aygan.

O‘zbekistonda ayni vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 81 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi (DXA va Madaniyat vazirligi xodimlari) kasallik qurboni bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют