» » Odil Ahmedov kelajagi haqida: “Shanxay SIPG” bilan amaldagi shartnomam bor

Odil Ahmedov kelajagi haqida: “Shanxay SIPG” bilan amaldagi shartnomam bor


O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov jamoadoshi Xalkning “Zenit”ga o‘tishi haqidagi xabarlar va o‘z kelajagi borasida gapirdi.

“Xalkning “Zenit”ga qaytishi haqiqatga yaqinmi? Hamma narsa bo‘lishi mumkin, bu borada hozircha u bilan gaplashmadim.

Mening kelajagim? Hozirda “Shanxay SIPG” bilan amaldagi shartnomam bor”, — deydi Ahmedov Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Mavzuga doir:

Avvalroq 33 yoshli braziliyalik futbolchi 2012—2016-yillarda faoliyat yuritgan “Zenit”ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabar yangragandi.

Odil Ahmedovning Xitoy klubi bilan amaldagi shartnoma 2020-yil oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют