» » Alisher Shodmonov koronavirus bemorlarini davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonga bordi

Alisher Shodmonov koronavirus bemorlarini davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonga bordi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yangi taktika ishlab chiqish kerakligi vazifa qilib qo‘yilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligida bugungi holat tahlil qilinib, diagnostika, davolashdan tortib, epidemiologiya, kasallik tarqalishining oldini olish, profilaktika masalalarida ham yangicha uslublar qo‘llanilishi ustida ish olib borilyapti, deb yozadi vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Prezident topshirig‘iga asosan, har bir bemorga e’tiborni kuchaytirish, ularni davolash sifatini yaxshilash va ayniqsa, og‘ir bemorlar bilan maxsus shug‘ullanishga katta e’tibor qaratilmoqda.

SSV xabarida qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab barcha bemorlarga tibbiyot xodimlari alohida, og‘ir bemorlarga esa bir nechtadan shifokorlar biriktirildi. Bundan tashqari, shifokorlar ishtirokida konsiliumlar, og‘ir bemorlar uchun videokonsiliumlar o‘tkazish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tahlillar o‘tkazish, muhokamalar olib borish masalasi qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. U yerdagi mavjud holat o‘rganilib, olib borilayotgan profilaktika, epidemiologiya tadbirlarining sifati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha ushbu hududda 275 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ularning 193 nafari kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan hamda davolanish ko‘rsatkichi hozirda 70 foizni tashkil etmoqda. Hozirgacha ushbu hududda bir bemor vafot etgan.

Qoraqalpog‘istonda ayni paytda 81 nafar bemor davolanayotgan bo‘lib, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir.

Respublikaga tashrif buyurgan guruh tomonidan ularni davolashdagi yondashuvlar o‘rganildi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan standartlar, protokollarga rioya etilish darajasi audit tekshiruvidan o‘tkazildi.

Asosiysi, ahvoli og‘ir bemorlar holati, ularni davolash jarayonini tahlil qilish va kerakli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi.

Unda Yevropa anesteziya va intensiv terapiya jamiyatining prezidenti, Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb ishtirok etdi.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash usullarini ishlab chiqqan Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari ahvoli og‘ir bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zarur tavsiyalarni berdi, natijada davo-muolajalarini korreksiya qilishga erishildi.

Shu jumladan, Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati ham tahlil qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют