» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1808 kishida, Tojikistonda esa 45 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1808 kishida, Tojikistonda esa 45 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 895 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 913 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1808 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 68 703 kishiga yetgan. Hozirga qadar 42 388 kishi sog‘aygan, 464 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti pandemiyaga oid statistikani yashirmaslikka chaqirdi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 159 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolonews.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 229 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 23 203 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1147 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6786 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 45 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 56 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5483 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida haydovchilarning koronavirusga tekshirilishi sabab yuzlab yuk mashinalari turib qoldi

O‘zbekistonda 18-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 896 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, hozirga qadar 80 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют