» » UFC 19-iyul tongida navbatdagi musobaqani o‘tkazadi. Undan chempionlik jangi o‘rin olgan

UFC 19-iyul tongida navbatdagi musobaqani o‘tkazadi. Undan chempionlik jangi o‘rin olgan


Toshkent vaqti bilan 19-iyul tongida Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi.

UFC Fight Island 2 kechasining asosiy jangida mutlaq yengil vaznning vakant chempionlik kamari uchun Deyvison Figeredo (18-1) va Jozef Benavides (28-6) o‘zaro to‘qnash keladi.

Shu tariqa bu ikki yakkakurashchi ikkinchi bor jang qiladi. Dastlabki jang 2020-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan va unda Figeredo ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.

Musobaqa janglari 03:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa taxminan 05:00 da start oladi.

Asosiy kardning qolgan juftliklar bilan tanishing:

Jek Hermasson (20-5) — Kelvin Gastelum (16-5);

Mark Diakiysi (14-3) — Rafael Fiziyev (7-1);

Ariana Lipski (12-5) — Luana Karolina (6-1);

Aleshandre Pantoyya (22-4) — Askar Askarov (11-0-1).

Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют