» » Muzrabot tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 35 yoshida koronavirusdan vafot etgan

Muzrabot tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 35 yoshida koronavirusdan vafot etgan


Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hokimligining iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish yuritgan 35 yoshli Sanjar Salomov koronavirus asoratlaridan vafot etgan. Ushbu xabarni tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Jahongir Abdurasulov “Daryo”ga tasdiqladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanjar Salomovning vafoti haqida avvalroq axborot bergandi.

SSV o‘shanda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. 2020-yil 28-iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgani, nafas yo‘llari yallig‘langani, ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o‘zicha davolanganini yozgandi.

2-iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda COVID-19 tasdiqlangach viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va u o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyilgandi SSVning 9-iyulda berilgan xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, hokimlik xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot bergan kun (9-iyul)dan bir necha kun oldin hayotdan ko‘z yumgan.

Sanjar Salomov koronavirusdan vafot etgan Surxondaryodagi uchinchi, O‘zbekistondagi 51-bemor bo‘lgandi.

18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 068 kishida koronavirus aniqlangan. Ushbu bemorlarning 9003 nafari sog‘aygan.

O‘zbekistonda ayni vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 81 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi (DXA va Madaniyat vazirligi xodimlari) kasallik qurboni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham ayni vaqtda Toshkentda koronavirusdan davolanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют