» » Xalqaro mutaxassislar ishtirokida koronavirusga chalingan Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston rahbarlarining ahvoli muhokama qilindi (video)

Xalqaro mutaxassislar ishtirokida koronavirusga chalingan Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston rahbarlarining ahvoli muhokama qilindi (video)


Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus bemorlarini davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonga borgani haqida xabar berilgandi.

Tashrif davomida ahvoli og‘ir bemorlarni davolash bo‘yicha xorijlik va mahalliy mutaxassislar ishtirokida videokonferensiya tashkil etilgan. Unda koronavirus bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash usullarini ishlab chiqqan Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari ahvoli og‘ir bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zarur tavsiyalarni bergan.

Shu jumladan, Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati ham tahlil qilingan.

“Ko‘p qatordagi bemorlarimiz bilan birgalikda Musa Yerniyazovning ham holatini tahlil qilib chiqdik. Bugungi kunda holati ‘stabil’, genodinamika, saturatsiya ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz holatda turibdi. Mutaxassislarning olib borilayotgan taktika to‘g‘riligi haqidagi eng muhim fikrini eshitdik. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, protokollari, standartlari asosida diagnostika va davolash ishlari olib borilayotganini ular ta’kidladilar”, — dedi Alisher Shodmonov.

Muhokamalar chog‘ida Respublika shoshilinch ilmiy-amaliy markazida yotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati “stabil” deb baholangan.

“Nafas olish, gemodinamika bo‘yicha parametrlari hammasi ‘stabil’ holatda ekanligi qayd etildi. Xorijlik mutaxassislar bu bemorimizni davolash bo‘yicha nimalarni o‘zgartirish kerakligi masalalarini muhokama etib, o‘z tavsiyalarini berdi. O‘ylaymanki, mana shu bemorlarni davolashga yaxshi yordam beradigan tavsiyalarga ega bo‘ldik”, — deya qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri.

Avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha Qoraqalpogistonda 275 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangan bo‘lib, ularning 193 nafari kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan hamda davolanish ko‘rsatkichi hozirda 70 foizni tashkil etmoqda. Hozirgacha ushbu hududda bir bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют