» » Sirdaryoda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Kasallikka chalingan 69 yoshli erkak vafot etdi

Sirdaryoda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Kasallikka chalingan 69 yoshli erkak vafot etdi


Koronavirusga chalingan sirdaryolik bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T.S. ismli erkakda 11-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bundan avval, 29-iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo‘yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

69 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgan Sirdaryodagi birinchi bemor bo‘ldi.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobi bo‘yicha 82-o‘lim holati. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi (DXA va Madaniyat vazirligi xodimlari) kasallik qurboni bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют