» » Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak shifoxonaga tushgan kunining ertasigayoq vafot etdi

Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak shifoxonaga tushgan kunining ertasigayoq vafot etdi


Koronavirusga chalingan bemor o‘tkir yurak-qon tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U.A. ismli erkak 16-iyul kuni Zangiota tumanidagi “Nazarbek” yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobi bo‘yicha 83-o‘lim holati. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi — Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati filiali xodimi va Madaniyat vazirligi xodimi kasallik qurboni bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют