» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 186 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 186 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 18-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 118 nafarga ko‘paydi va jami kasallanganlar soni 16 186 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanganlarning

18-iyul kuni 10:00 holatiga ko‘ra 289 kishida, 17:00 holatiga ko‘ra 172 kishida koronavirus aniqlangandi.

Kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 31 nafar, Namangan viloyatida 55 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar hamda Navoiy viloyatida 5 nafar, jami 124 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 6976 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonda ayni vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 83 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi — Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati filiali xodimi va Madaniyat vazirligi xodimi kasallik qurboni bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют