» » “Arsenal” Obameyangning dubli evaziga “Manchester Siti”ni yengib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi

“Arsenal” Obameyangning dubli evaziga “Manchester Siti”ni yengib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining yarim finalida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari 18-iyul, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limni “shaharliklar” faol boshladi va mezbonlar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etdi, biroq ularning hech biri samara bermadi.

71-daqiqada Obameyang darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, ikkinchi golini ham urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Mikel Arteta shogirdlari musobaqa finaliga yo‘l oldi. “Arsenal” hal qiluvchi bahsda “Manchester Yunayted” — “Chelsi” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Angliya Kubogi

Yarim final bahsi

18-iyul, shanba

Gollar: 1:0 – 19 Obameyang, 2:0 – 71 Obameyang.

“Arsenal”: Martines, Belyerin, Mustafi (Holding, 87), David Luiz, Meytlend-Naylz, Sebalyos (Kolashinats, 88), Jaka, Pepe (Uillok, 72), Tirni, Lyakazett (Torreyra, 78), Obameyang.

“Manchester Siti”: Ederson, Lyaport, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Gundo‘g‘an (Rodri Ernandes, 66), Silva (Fernandinyo, 87), Mahrez (Foden, 66), de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jezus.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют