» » Toshkentda “Arbidol” 400-600 ming so‘mdan sotilayotgani aniqlandi. Mutaxassislar uning COVID-19’ga qarshi foydasini nolga teng deb baholagan

Toshkentda “Arbidol” 400-600 ming so‘mdan sotilayotgani aniqlandi. Mutaxassislar uning COVID-19’ga qarshi foydasini nolga teng deb baholagan


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlarda hozirda talab keskin ortgan va dorixonalarda topish qiyin bo‘lgan “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlandi.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan reydda xorijda ishlab chiqarilgan “Arbidol” dori vositasinnig har bir qutisini 500 ming so‘mdan sotayotgan shaxs ushlangan.

Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan dorixonaning norasmiy sotuvchisi 56 quti “Ergoferon” dori vositasini jami 5 million 320 ming so‘mga pullayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Undan yana 1120 dona dori vositasi vaqtincha olib qo‘yilgan.

Shuningdek, Yashnobod tumanida fuqarolardan biri 19 quti “Arbidol” dorisining har birini 500 ming so‘mdan, Olmazor tumanida ikki nafar fuqaro shu dorining 200 qutisini har birini 32 dollaridan baholab noqonuniy tarzda sotayotgani aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tuman bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Jo‘rayevning aytishicha, “Ergoferon” dori vositasi odatda 25-32 ming so‘mgacha sotilgan. Hozirgi narxi 120 ming so‘mgacha bormoqda. Qutisi 45 ming so‘mdan sotilgan “Arbidol” esa 400-600 ming so‘mdan pullanmoqda.

“Hozirda rasmiy dorixonalarda yo‘q dori vositalari odamlarning qo‘lida 100-200 qutilab jamlanib, noqonuniy sotilyapti. Chunki dorixonada narxini qimmat qilib sotsa, e’tirozning kimga bildirilishi aniq bo‘ladi. Shuning uchun ham yashirincha yo‘llar bilan norasmiy tarzda sotilmoqda”, — degan u.

Qayd etish joizki, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi uchun odamlar orasida “Arbidol”, “Ergoferon”ga bo‘lgan talab keskin oshgan. Xususan, ArzonApteka dori vositalari qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun davomida O‘zbekistonda eng ko‘p qidirilgan virusga qarshi qo‘llaniluvchi preparatlar ro‘yxatida “Arbidol”, “Ergoferon” ham bor. 8—17-iyun kunlari qidiruv xizmati orqali “Arbidol” 270, “Ergoferon” 185 marta qidirilgan bo‘lsa, 6—15-iyul kunlari esa ushbu dori vositalariga talab oshib, “Arbidol”ga 61 370 tani “Ergoferon”ga 19 900 tani tashkil etgan.

Jurnalist Barno Sultonova ham dorixonalarda hamma “Arbidol”, “Ergoferon”, “Paratsetamol” kabi dorilarni to‘xtovsiz olayotganiga guvoh bo‘lgan. Viloyatlarda, xususan, Buxoroda ham qator dori vositalari bilan birga “Arbidol”, “Ergoferon”ga bo‘lgan talab va ehtiyoj keskin oshgan.

Mutaxasisslar esa “Arbidol” dori vositasining foydasi nolga teng deb baholamoqda. Ushbu preparatning foydasi JSST tomonidan tasdiqlanmagan va COVID-19’ga qarshi foydalanishda tavsiya etilmagan. Bu dorilar Rossiya va uning atrofidagi davlatlardan tashqari hech qayerda ishlatilmaydi.

“Ergoferon” esa gomeopatik vosita bo‘lib, unda faol moddalar shunchalik kamligidan, inson tanasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Ya’ni, na foydasi, na zarari bor. Shunchaki platsebo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют