» » Buxoroda o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi


Buxoro viloyatida o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan tashkil topgan jinoiy guruh qo‘lga olinib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10-iyul kuni taxminan soat 00:10 da 23 yoshli Akbar (barcha ismlar o‘zgartirilgan) jinoiy sheriklari 18 yoshli Murod, voyaga yetmaganlar 17 yoshli Farhod, Oybek, 16 yoshli Adham, Bobur hamda Marat bilan bir guruh bo‘lib, Buxoro shahrida yashovchi Farruh ismli fuqaroga tegishli Damas rusumli avtomashina eshigini buzgan va avtomashina salonida bo‘lgan uyali telefon quvvatlagichi, hamyondagi 2260 dollar va 500 Rossiya rublini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Bundan tashqari Akbar va uning sheriklari o‘z jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kuni soat 00:40 da Buxoro shahrida yashovchi Azamat ismli fuqaroga tegishli Damas eshigini ham ochib, undan narxi 100 ming so‘mlik ko‘zoynakni o‘g‘irlagan.

Olib borilgan tezkor harakatlar hamda tergov oldi tekshiruvlari jarayonida gumon qilinuvchilar qo‘lga olingan. O‘g‘irlangan 500 Rossiya rubli, hamyon, ko‘zoynak ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют