» » Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning eng katta qismi — uy-joy haqidagi murojaatlar

Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning eng katta qismi — uy-joy haqidagi murojaatlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning eng katta qismi — 79 666 tasi uy-joy haqidagi murojaatlardir. Bu haqda Facebook’dagi Xalq bilan muloqot guruhiga joylangan statistik ma’lumotda aytiladi.

Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar soni 24-aprel holatiga ko‘ra sohalar kesimida keltirilgan. Shuningdek, murojaatlarning 40 354 tasi ishga joylashish, 21 738 tasi — sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishi, 20 108 tasi — oilaga moddiy yordam, 17 266 tasi — aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari masalalariga taalluqli.

Virtual qabulxonaga murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari ustidan norozi bo‘lib kelib tushgan murojaatlar ham bor, ularning soni — 14 998 ta. Bundan tashqari, mehnat va bandlik masalalarida — 14 091 ta, fuqarolik pasporti masalasida — 12 179 ta, bolalar nafaqasi bo‘yicha — 10 954 ta murojaat yuborilgan. Murojaatlar ichida eng kam tilga olingan mavzu esa sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishi masalasidir. Bu borada kelib tushgan murojaatlar soni — 10 258 ta.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют