» » Toshkentda koronavirusga chalingan qibraylik 67 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan qibraylik 67 yoshli ayol vafot etdi


Qibray tumanida yashovchi 67 yoshli U.A.da (ayol) 10-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Toshkent shahridagi 1-sonli klinik shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, 16-iyul kuni esa o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi apparatiga olingan. Unga COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik ensefalopatiya, diabetik nefropatiya asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi homroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. “Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Biroq, qayd etishlaricha, o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют