» » “Paxtakor”ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Paxtakor”ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi


“Paxtakor” futbol klubining besh nafar o‘yinchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

“Jamoa a’zolarining 5 nafar vakilida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda klubning barcha xodimlari, jamoa personallari hamda futbolchilar qo‘shimcha test topshirgan. Mazkur test natijalari dushanba kuni chiqishi kutilmoqda. “Paxtakor” klubi koronavirus aniqlangan 5 futbolchisini o‘zini o‘zi yakkalash holatiga olib, barcha tibbiy vositalar, dori-darmonlar bilan ta’minlagan holda tibbiy nazoratda ushlab turibdi”, —deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Paxtakor” 9-tur doirasida 13-iyul kungi OKMK qarshi bahsdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazmagan.

Nashr virusni qaysi futbolchilar yuqtirib olgani to‘g‘risida ma’lumot ochiqlamagan.

Avvalroq Superliganing yana ikki klubi — “Surxon” va “Bunyodkor”da ham koronavirusga chalinish holatlari kuzatilgandi.

Mavzuga doir: Superliga 9-tur ramziy jamoasi e’lon qilindi. Eng ko‘p futbolchi “Mash’al” klubidan

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют