» » AQShda 17 yil mobaynida ilk bor ikki jinoyatchi bir kunda qatl etildi

AQShda 17 yil mobaynida ilk bor ikki jinoyatchi bir kunda qatl etildi


AQShning Arkanzas shtatida 24-aprel, dushanba kuni o‘lim jazosiga hukm qilingan ikki mahbus qatl etildi. Ularning ikkisiga ham zaharli in’eksiya yuborildi, deya xabar beradi “TASS”.

Mahalliy OAVga ko‘ra, bu AQShda oxirgi 17 yil mobaynida ikki jinoyatchi bir kunda qatl etilgan ilk holat bo‘ldi. Oxirgi bor 2000-yilda Texasda shunday yo‘l tutilgandi.

Dushanba kuni birinchi bo‘lib 1996-yilda ayolga nisbatan zo‘rlik ishlatgani va o‘ldirgan, shuningdek, uning 11 yoshli qizini o‘ldirishga uringan 52 yoshli Jek Jons qatl etildi. Unga Arkanzas ma’muriy markazi Litl-Rokdan 120 kilometr shimoli—sharqdagi qamoqxonada zahar yuborildi.

1997-yilda ayolni o‘ldirgani va yana ikki kishini o‘g‘irlab, tahqirlagani uchun oliy jazoga hukm qilingan 45 yoshli Marsel Uilyamsga nisbatan hukmning ijro etilishi biroz kechikdi. Qamoqxonada ortiqcha vazn to‘plagan va qator kasalliklar orttirgani sababli uning advokatlari hukmni bekor qilishni so‘rab, sudga murojaat qilgandi.

Litl-Rok okrug sudyasi Kristin Beyker avvaliga Uilyamsning advokatlari iltimosini qondirdi va o‘lim jazosini amalga oshirishni man etdi. Biroq oradan bir soat o‘tib o‘z qarorini bekor qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют