» » Kiki Setyen “Barselona”ning La Liga so‘nggi tur o‘yini uchun qaydnomasini e’lon qildi

Kiki Setyen “Barselona”ning La Liga so‘nggi tur o‘yini uchun qaydnomasini e’lon qildi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya La Ligasi 38-turi doirasida 19-iyul, yakshanba kuni soat 20:00 da safarda “Alaves”ga qarshi saf tortadi.

“Ko‘k-anorranglilar” ustozi Kike Setyen ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Himoyachi Samyuel Umtiti va hujumchi Usmon Dembele jarohat sabab katalonlarga yordam bera olmaydi. Shuningdek, Xerard Pike, Xunior Firpo, Ivan Rakitich, Artur va Antuan Grizmann kabi futbolchilar qaydnomadan joy olmagan.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 16 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto;

Himoyachilar: Nelson Semedu, Kleman Langle, Xordi Alba, Ronald Arauxo, Arnau;

Yarim himoyachilar: Sexio Buskets, Rikard Puch, Arturo Vidal, Frenki de Yong, Serxi Roberto;

Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Ansu Fati, Luis Suares.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют