» » “O‘zekspomarkaz”dagi 500 o‘rinlik statsionar — Ortiqxo‘jayevning tashabbusi. Uni tashkil etishga byudjet mablag‘lari sarflanmaydi

“O‘zekspomarkaz”dagi 500 o‘rinlik statsionar — Ortiqxo‘jayevning tashabbusi. Uni tashkil etishga byudjet mablag‘lari sarflanmaydi


Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazi maydonlarida tashkil etilayotgan koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan.

“Gazeta.uz”ning Toshkent shahar hokimligidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bo‘lib, vaziyat juda og‘irlashganida “B rejasi” bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Markazni tashkil etish va ta’minlash xarajatlari byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.

Internet-nashr tomonidan e’lon qilingan suratlarda statsionarni ko‘zdan kechirish uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: Toshkent hokimligi “O‘zekspomarkaz”da koronavirusga chalingan bemorlar uchun koyka-o‘rinlar tayyorlayapti. Bu — eng og‘ir vaziyat uchun



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют