» » Antuan Grizmann “Barselona”dagi ilk mavsumida samaradorlik bo‘yicha Neymardan ortda qoldi

Antuan Grizmann “Barselona”dagi ilk mavsumida samaradorlik bo‘yicha Neymardan ortda qoldi


“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann katalon klubidagi ilk mavsumida PSJ hujumchisi Neymarning qayd etib ketgan ko‘rsatkichlardan o‘zib keta olmadi.

Marca hisob-kitoblariga ko‘ra, 2013/14-yilgi mavsumda Neymar (“Barselona”dagi ilk mavsumi) 41 ta uchrashuvda 15 ta gol urgan va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.

Grizmann esa 2019/20-yilgi mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi, biroq golli uzatmalari soni 4 tani tashkil qildi. Bu uning 2012/13-yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi sanaladi.

Ayni paytda fransiyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanmoqda. U La Ligada mavsumni yakunlay olmaydi, biroq avgust oyida o‘tkaziladigan “Napoli”ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida maydonga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Grizmanni 2019-yilning yozida 120 million yevro evaziga “Atletiko”dan sotib olgan.

Mavzuga doir: Antuan Grizmann orzu va maqsadlarini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют