» » Israel Adesanyaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Israel Adesanyaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning o‘rta vazn toifasida chempioni Israel Adesanya (19-19-0) 19-sentabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadigan UFC 253 musobaqasida qatnashadi.

Adesanya ushbu musobaqada Paulo Kostaga (13-13-0) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda MMAJunkie xabar bermoqda.

Avvalroq ushbu musobaqada UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi jang o‘tkazishi ham ma’lum qilingandi. Hozircha ushbu jangning o‘tkazish yoki o‘tkazilmasligi haqida ma’lumot yo‘q.

Biroq avvalroq Sherdog nashri ushbu musobaqa AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.

Israel Adesanya ijrosidagi eng sara nokautlarni tomosha qiling!

Mavzuga doir: UFC’ning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Konorda pasayish, Petr Yan ilk bor top-15 likda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют