» » “Tez yordam ‘rezinoviy’ emas, u har bir chaqiruvga ulgurolmaydi” — Toshkentdagi tez tibbiy yordam shifokori

“Tez yordam ‘rezinoviy’ emas, u har bir chaqiruvga ulgurolmaydi” — Toshkentdagi tez tibbiy yordam shifokori


Toshkent shahrida so‘nggi kunlarda tez tibbiy yordam xizmatiga tana haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq chaqiruvlar keskin ko‘paygan. Bu haqda Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori Nuriddin Zohidov “O‘zbekiston 24”ning “COVID-19. Vaziyat” dasturiga jonli efirda bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Hozir tana haroratining ko‘tarilishi holatlari juda ko‘payib ketgan. Isitmasi 37 darajaga ko‘tarilsa ham odamlar qo‘rqyapti, vahima ko‘tarilyapti, “koronavirusga chalinib qoldim”, deb o‘ylab chaqirishyapti. Chunki har xil joylarga telefon qilib, qayerga borish kerakligi bo‘yicha to‘liq ma’lumot olisholmayapti. Dorixonalarda dorilar yetmayapti. Shu holatda eng oson yo‘l — tez tibbiy yordamni chaqirish. Lekin tez tibbiy yordam “rezinoviy” emas, har bir “zayavka”ga ulgura olmaydi. Keyin odamlar o‘tiradi: “Mana, bir soatdan beri kelmayapti, ikki soatdan beri kelmayapti”, deb.

Avvallari, poliklinikalar ishlayotgan vaqtda, tana harorati ko‘tarilishi kabi holatlarga tez yordam bormasdi. Hozir vaziyat og‘irlashgani, koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lgani uchun, tez yordam brigadasi tana harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq chaqiruvga borishga majbur. Lekin xalq ham to‘g‘ri tushunsin — tana harorati 37—38 darajaga chiqqanida, odam og‘irlashib qolmaydi, birpasda mazasi qochib qolmaydi. Isitma qilib 3—4 yotadi-da, keyin birdan “tez yordam” esiga tushib qoladi. Tez yordam yarim soat—bir soatning ichida kelib, birpasda davolab berishi kerak ekan. Lekin tez yordam bu ishlar bilan shug‘ullanmaydi.

Shuning uchun, xalqdan iltimos, odamlar vaqtida sal o‘ziga ham qarasin. Haroratni tushiradigan dorini ichadimi, qon bosimi oshishi holatlari ham ko‘p — ular ham vaqtida dorisini ichadimi, sal o‘ziga qarasin.

Nuriddin Zohidov, Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda “so‘nggi uch kunda tez yordamning vaqtida yetib bormagani sabab 43 kishi turli kasalliklardan vafot etgani” ma’lum qilingan edi. Ushbu videoselektordan so‘ng “O‘zbekiston 24” dasturiga intervyu bergan O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev “endi tez yordam 15 daqiqa ichida yeti borishi”ni ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют