» » Toshkentda koronavirusga chalingan 47 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 47 yoshli ayol vafot etdi


Toshkent shahrida yashovchi koronavirusga chalingan 47 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

SSV xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 47 yoshli M.K. ismli ayolda 2020-yil 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi, yurak ishemik kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda gipertoniya hamroh kasalligi bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan hisob bo‘yicha, bu koronavirusga chalingan bemorlar orasidagi 85-o‘lim bo‘ldi, avval Qibray tumanida yashovchi 67 yoshli U.A. ismli ayolning vafot etgani xabar qilingandi. (“Daryo” hisobi bo‘yicha vafot etgan bemorlar soni kamida 87 nafarni tashkil etadi).

“Daryo” 15-iyul kuni Davlat xizmatlari agentligiga tayanib, agentlikning Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Adhamjon Dehqonovning koronavirus oqibatida vafot etganini xabar qilgan. 18-iyul kuni koronavirusga chalingan Madaniyat vazirligi xodimi, 32 yoshli Akmal Irisov vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu o‘lim holatlari hozircha SSV tomonidan tasdiqlanmagan.

Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют