» » Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu va Sams yuk mashinalari to‘qnashdi

Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu va Sams yuk mashinalari to‘qnashdi


Qamchiq dovonida ikki yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Qamchiq” MQYoQB Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi ma’lum qilgan.

2020-yil 18-iyul kuni soat 02:05 larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga YTH haqida ma’lumot kelib tushgan.

A-373, M-39 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 242 kilometrida Toshkent—Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan Isuzu haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, oldinda harakatlanib ketayotgan Sams’ga borib urilgan.

Avariya oqibatida Isuzu haydovchisi va uning yonidagi sherigi tan jarohati olgan. Qutqaruvchilar gidravlik asbob-anjomlar yordamida siqilib qolgan haydovchi va uning sherigini mashinadan chiqarib olib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.

“Qamchiq” MQYoQB axborot xizmati haydovchilarga dovonda harakatlanib ketayotgan vaqtda xushyorlikni yanada oshirish, yo‘llarda to‘xtab dam olishni tavsiya qilgan.

Avval Qamchiq dovonida 4-iyun kuni tongda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar haydovchi vafot etgani, 11-iyun kuni tunda Qamchiq dovoni Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani xabar qilingan.

25-iyun kuni Qamchiq dovonida Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgani, Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют