» » APL. “Tottenhem” Harri Keynning dubli evaziga “Lester”ni taslim etdi

APL. “Tottenhem” Harri Keynning dubli evaziga “Lester”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 37-turida “Tottenhem” 19-iyul, yakshanba kuni “Lester”ni qabul qildi.

Uchrashuv londonliklarning ustunligida boshlandi va “shporlar” tanaffusga qadar o‘yin masalasini hal qilib qo‘ydi. 6-daqiqada Son Hyon Minning zarbasidan keyin to‘p Jeyms Jastinga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va mehmonlar darvozasidan joy oldi.

37-daqiqada Harri Keyn jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Oradan uch daqiqada o‘tib Keyn dublni rasmiylashtirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Tottenhem” ochkolarini 58 taga yetkazib oldi va 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Lester” esa 62 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda va bir zaxira o‘yiniga ega “Manchester Yunayted” bilan bir xil ochko to‘plagan. Shu tariqa APL so‘nggi turidan o‘rin olgan “Lester”  — “Manchester Yunayted” uchrashuvi Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kechadigan bo‘ldi.

APL

37-tur bahsi

19-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 6, avtogol Jastin, 2:0 – 37 Keyn, 3:0 – 40 Keyn.

“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Sanches, Devis, Orye, Lo Chelso (Lamela, 77), Uinks (Skipp, 90), Lukas Moura (Bergveyn, 77), Sissoko, Son Hyon Min (Jedson Fernandesh, 89), Keyn.

“Lester”: Shmeyhel, Jastin, Morgan, Evans, Tomas, Barns (Hyorst, 83), Ndidi (Mendi, 70), Peres (Ixeanacho, 59), Tilemans (Prat, 70), Bennett (Grey, 46), Vardi.

Ogohlantirishlar: Lukas Moura (57), Evans (73), Sanches (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют