» » Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboyev jamoasida durang, “Energetik-BGU” derbida g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboyev jamoasida durang, “Energetik-BGU” derbida g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 18-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 19-iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Energetik-BGU” jamoasi Minsk derbisida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dastlab “talabalar” Yevgeniy Yudchitsning golidan keyin hisobni ochgandi. Biroq maydon egalari bunga ikkita to‘p bilan javob qaytarishga erishdi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 57-daqiqada zaxiraga olindi.

Jasur Yaxshiboyev harakat qilayotgan “Shaxtyor Soligorsk” jamoasi esa “Neman”ga qarshi bahs olib bordi. Keskin kurash va qo‘polliklarga boy bo‘lgan bahsda nursiz durang qayd etildi. Yaxshiboyev esa 48-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Mazkur durangdan keyin “Shaxtyor” 34 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. “Neman” (31) esa 3-pog‘onada qolmoqda.

Belarus Oliy Ligasi

18-tur bahslari

19-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 36, Yudchits, 1:1 – 45, Vasilyev, 2:1 – 51 Zaleskiy.

“Minsk”: Veremko, Chagovets, Prishepa, Zaleskiy, Shemruk, Rijuk, Vasilyev, Zinovich (Yarotskiy, 64), Shramchenko, Gribovskiy, Gorbach.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Svirepa, Sokol, Yudchits, Mavatu (Girs, 62), Shkurdyuk, Umarov (Atemeng, 57), Bashilov, Nosko, Bakich, Musaxanyan (Sovpel, 54).

Ogohlantirishlar: Shramchenko (10), Bashilov (41), Zinovich (42), Umarov (57), Prishepa (73), Shemruk (75), Svipera (87).

“Neman”: Dudar, Kantariya (Vegerya, 77), Kadimyan, Zabelin, Slabashevich, Yakimov, Stoykovich, Marushich (Ivanov, 90+2), Legchilin, Yablonskiy, Po.

“Shaxtyor Soligorsk”: Gutor, Hodarkevich, Antich, Selyava, Podstrelov, Sachivko, Szoke, Ivanovich (Burko, 69), Vukmanich, Arxipov, Lisakovich (Yaxshiboyev, 48).

Ogohlantirishlar: Podstrelov (13), Kantariya (17), Arxipov (35), Vukmanich (50), Selyava (73), Yablonskiy (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют