» » “Chelsi” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi

“Chelsi” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi yarim finalida “Manchester Yunayted” va “Chelsi” jamoalari 19-iyul, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Olivye Jiru londonliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Meyson Mauntning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarbasini David de Xea qaytara olmadi.

74-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinish oldi: Sesar Aspilikuetaning uzatmasidan keyin Harri Maguayr o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida “Yunayted” futbolchilari Brunu Fernandeshning penaltidan urgan golidan keyin hisobni qisqartirdi. Biroq qolgan vaqtda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari vaziyatni o‘nglay olmadi.

Shu tariqa “Chelsi” Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda “Arsenal” bilan o‘ynaydi. Final uchrashuvi 1-avgust kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi

Yarim final bahsi

19-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 45+11 Jiru, 0:2 – 46 Maunt, 0:3 – 74, avtogol Maguayr, 1:3 – 85, penalti Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams, Maguayr, Bayi (Marsyal, 45), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 79), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 55), Jeyms (Grinvud, 56), Matich, Lindelyof, Reshford (Igalo, 79).

“Chelsi”: Kabalyero, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Maunt (Pedro, 90), Kovachich (Loftus-Chik, 86), Villian (Hadson-Odoi, 80), Jorjinyo, Zuma, Jiru (Abraham, 80).

Ogohlantirish: Pogba (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют