» » Mehnat vazirligida Janubiy Koreya Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mehnat vazirligida Janubiy Koreya Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi, deb xabar berdi “UzDaily”.

Uchrashuvda Janubiy Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish mexanizmlari, bu sohada tomonlar vakolatlarini aniqlashtirish, xolislik, adolat va oshkoralik prinsiplarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek O‘zbekistondan mehnat resurslari uchun kvotani oshirish va Koreyada ishlash uchun ruxsat berish jarayonini qisqartirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Abduhakimov mehmonlarni Mehnat vazirligi tomonidan mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tanishtirdi. Bundan tashqari, mehmonlarga Rossiya, Yaponiya va Polshada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkiliy tanlab olish va jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Shu o‘rinda Kvon Yon U Mehnat vazirligi tomonidan mintaqaviy kvotalar bo‘yicha mehnat migrantlarini tanlab olish mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi tashabbus va takliflar mantiqiy, adolatli va aniq natijalar berishini ta’kidlab o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlari hamkorligini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют