» » Koronavirusning eng erta paydo bo‘ladigan alomati ma’lum qilindi

Koronavirusning eng erta paydo bo‘ladigan alomati ma’lum qilindi


Ispaniyalik olimlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida toshmalarning paydo bo‘lishi koronavirusning dastlabki alomati ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi JAMA Dermatology.

Olimlar 21 nafar bemorni kuzatish natijasida ularning 6 nafarida bu kabi alomatlarni aniqlagan. Toshma pufakchali yoki dog‘ ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, COVID-19’ning boshqa alomatlari toshmadan bir necha kun keyin paydo bo‘ladi. Shuningdek, hozircha mazkur alomat kasallar orasida qanchalik tarqalgani ma’lum emas.

Bunga qadar olimlar Italiyada koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rigan 18 nafar bemor terisida “eritematoz toshma” paydo bo‘lganini aniqlagan.

Avvalroq rossiyalik virusologlar ispaniyalik shifokorlarning COVID-19 bemoridagi ko‘karishlar yuzasidan qilgan xulosalariga baho berib, buning COVID-19’ga chalinganlik belgisi ekanini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish talab etilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: COVID-19’ning asosiy klinik alomatlari va ularning kunlik jadvali e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют