» » Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan olmazorlik 60 yoshli ayolning o‘limini tasdiqladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan olmazorlik 60 yoshli ayolning o‘limini tasdiqladi


Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli F.T.da 8-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiya, qandli diabet kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha 88, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 91-o‘lim holati.

Avvalroq Toshkentda yunusobodlik 39 yoshli erkak COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 19-iyul kuni 566 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda besh kishi vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют