» » Shavkat Mirziyoyev kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni erta tongdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Chet davlatlarda o‘pka yallig‘langan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qo‘liga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripovga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda O‘zbekistonga yetkazish bo‘yicha topshiriq berilgan.

“Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют