» » “Buxoro” klubining 8 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Buxoro” klubining 8 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasida ishtirok etuvchi “Buxoro” klubi futbolchilari koronavirusga chalindi.

“Buxoro” klub mabuot xizmatining xabariga ko‘ra, 20-iyul kuni jamoaning 8 nafar futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shu bois “Buxoro”ning Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin. Uchrashuv 23-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor”ning besh nafar, “Surxon”ning ikki va “Bunyodkor”ning bir nafar o‘yinchisi koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Pro-Ligada qatnashadigan Samarqandning “Dinamo” klubining uch nafar futbolchisida koronavirus infeksiyasi borligi gumon qilinib, 15-iyul kuni “Xorazm”ga qarshi o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bellashuv ham bekor qilingandi.

Aksariyat futbol mutaxassislari tomonidan Superliga bahslari to‘xtatilishi taxmin qilinmoqda. Ayni damda Professional futbol ligasi (PFL) va klublar o‘rtasida Superliga bahslarini davom ettirish yoki to‘xtatish borasida onlayn videkonferensiya ketayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют