» » O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p Cobalt modeli ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan 6 oyda jami 37 682 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga ko‘p demak.

Iyun oyining o‘zida 7557 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning boshqa oylariga qaraganda eng ko‘p ko‘rsatkichni qayd etgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 35 050 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz), 37 682 dona Cobalt (154,2 foiz), 26 047 dona Lacetti-Gentra (133,0 foiz), 26 687 dona Damas (115,8 foiz), 14 511 dona Spark (160,4 foiz) hamda 3 478 dona Labo (90,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Avvalroq UzAuto brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan kompaniyalar tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Braziliyada Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish to‘xtatildi

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni “narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют