» » Qozog‘istonda o‘tgan dam olish kunlari 121 kishi koronavirusdan vafot etdi. Qirg‘izistonda esa COVID-19 va pnevmoniya qurbonlari soni 1037 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan dam olish kunlari 121 kishi koronavirusdan vafot etdi. Qirg‘izistonda esa COVID-19 va pnevmoniya qurbonlari soni 1037 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 793 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 706 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1499 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sog‘liqni saqlash milliy markazining ma’lum qilishicha, o‘tgan dam olish kunlari davomida Qozog‘istonda 121 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 71 838 kishiga yetgan. Hozirga qadar 43 401 kishi sog‘aygan, 585 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston ham shunday qilgandi

Qirg‘izistonda 20-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 611 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 300 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamalakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanganlarning umumiy soni 27 143 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida pnevmoniya bilan kasallangan 781 bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda kasallikdan sog‘ayganlar soni 13 109 kishiga yetdi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 34 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1037 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 174 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolonews.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 463 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 23 641 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1181 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6878 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 44 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 49 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 57 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5578 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Tojikistonda pandemiya sabab qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamiga bir martalik yordam puli tarqatiladi

O‘zbekistonda 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 966 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 9279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (55 foiz) sog‘aygan, mamlakatda COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 90 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют