» » Zinedin Zidan: Qanday qilib “Manchester Siti” haqida o‘ylamaslik mumkin?

Zinedin Zidan: Qanday qilib “Manchester Siti” haqida o‘ylamaslik mumkin?


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi javob o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qanday qilib “Manchester Siti”dan o‘ta olamizmi yoki yo‘q deb o‘ylamasligim mumkin? Keyingi bosqichga o‘tish uchun so‘nggi soniyalargacha kurashamiz. Jamoamiz biroz dam olishi kerak, chunki mavsumning so‘nggi qismi qiyin kechdi. Ta’til haqida emas, balki hordiq chiqarish haqida gapiryapman. Biroz dam olishimiz kerak”, — deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi Manchesterdagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 7-avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

19-iyul kuni Ispaniyada 2019/2020-yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Mavsum natijalariga ko‘ra “Real” “Barselona”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, 2016/17-yilgi mavsumdan keyin ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir: Zidan “Real” boshqaruvidagi 11-sovringa ega chiqdi. U har 19 o‘yinda bitta sovrin yutmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют