» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 17 000 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 20-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183 nafarga ko‘payib, ularning umumiy soni 17 149 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 214 kishida koronavirus aniqlanib, infeksiya yuqtirganlar soni 16 966 nafarga yetgandi.

20-iyul kuni ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 9 387 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

“Hozirda mamlakatimizda 7 672 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют