» » Avtomobilda sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi 10 ta yo‘l aniqlandi

Avtomobilda sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi 10 ta yo‘l aniqlandi


The Telegraph gazetasi ekspertlari avtomobilda sayohat qilish uchun dunyodagi o‘nta eng yaxshi yo‘nalish ro‘yxatini tuzdi. Joylar muayyan tartibda bo‘lmagan ro‘yxatga markaziy Kaliforniya bo‘ylab o‘tgan qariyb 200 kilometrlik yo‘l kirdi.

Qatnov yo‘li Monterey shahrida boshlanib, Tinch okeani bo‘ylab janubga yo‘nalgan. U sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan Karmel shahridan, shuningdek, Kaliforniyaning kam aholi yashaydigan Big-Sur tumanidan o‘tadi, yozuvchi Jek Keruakning  “Big-Sur” romani shu hududga bag‘ishlangan. Yo‘l Morro-Bey aholi punktida tugaydi.

Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Shotlandiya shimolida joylashgan, taxminan 830 kilometr uzunlikka ega North Coast 500 yo‘li ham kirdi. Uni Amerikaning mashhur Route 66 shossesiga “shotlandcha javob” deb atashadi. U mintaqaning bir nechta eng olis trassalarini birlashtiradi. Safar chog‘ida ko‘llar, qasrlar va tog‘lar manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin.

Bundan tashqari, ro‘yxatdan Avstriyadagi baland tog‘lardan o‘tgan Grosglokkner yo‘li ham joy oldi. U mamlakat markazidagi Zalsburg o‘lkasi va janubdagi Karintiyani birlashtiradi. 36 ta muyulishdan iborat aylanma yo‘lning uzunligi 48 kilometrga yetadi. Uning maksimal balandligi — qariyb 2,5 ming metr.

Ro‘yxatga Shimoliy Amerika, Uels, JAR, Italiya, Irland dengizidagi Men oroli, Avstraliya va Norvegiya bo‘ylab o‘tgan boshqa yo‘llar ham kirdi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют