» » Gollivud afsonasi Odri Xepbyornning go‘zallik sirlari

Gollivud afsonasi Odri Xepbyornning go‘zallik sirlari


“Tiffanida nonushta”, “Rim ta’tili”, “Sabrina” va yana bir qancha filmlarda mahorat bilan rol ijro qilgan aktrisaning nafaqat iste’dodi balki, o‘ziga xos kiyinish uslubi hali-hanuz e’tirof etib kelinadi.

Aktrisaning go‘zalligi ham tillarda doston bo‘lgan. “Fransiyaning barcha yigitlari Odriga oshiq”, — deb yozgandi bir vaqtlar Kristian Lakrua. Lekin Xepbyornning muxlislari faqatgina Fransiyada bo‘lmagan. U AQSh kinomatografiya fan va san’ati akademiyasi tomonidan Amerika kinosining eng buyuk aktrisalari ro‘yxatida uchinchi deb topilgan. Aktrisaning kiyinish uslubining o‘ziga xosligida, fransuz dizayneri Yuber Jivanshining xizmati katta. Chunki aynan u aktrisaning filmlarda kiygan liboslari dizayneri hisoblanadi. “Har bir ayol go‘zal bo‘lishni istaydi. Bu libosda men o‘zimni aynan shunday go‘zal his qilaman. U menga omma oldida chiqish qilish uchun ishonch bag‘ishlaydi”, — degan aktrisa.

Aktrisaning go‘zalligi faqatgina kiyinish uslubi yoki makiyajida bo‘lmagan. Uning mehrga to‘la va hayotga chanqoq ko‘zlari chiroyiga chiroy qo‘shgan.

Odri faqat aktrisalik bilan ovora bo‘lib qolmagan, u o‘z ustida ishlagan va ko‘proq narsa o‘rganishga harakat qilgan. 6 tilda so‘zlasha olgani esa buning isboti. Uning go‘zallik haqidagi qarashlari ham boshqalarnikidan farq qilgan. Ayollar go‘zalligi ko‘zlarida aks etishi, ko‘zlar esa qalb oynasi, qalb bo‘lsa mehr va muhabbat makoni. Ayolning asl go‘zalligi atrofdagilarga qalbdan g‘amxo‘rlik qilishi va sevgi ulasha olishida namoyon bo‘ladi, deb hisoblagan aktrisa.

XX asr go‘zallik timsollaridan biri shuningdek, BMT va YuNISEF kabi xalqaro tashkilotlarning ham faollaridan bo‘lgan. U turli mamlakatlardagi bolalar muammolariga diqqat qaratishga uringan va insoniylik yordami ko‘rsatishda ham birinchilardan bo‘lgan.

Bugungi kunga kelib go‘zallik ma’lum standart yoki qolipga tushib qolgan, chiroyli qiyofa egalarining esa bir-biridan ajralib turadigan jihati yo‘q. Aslida esa haqiqiy go‘zallik o‘ziga xoslikni saqlab qolish, boshqalarga o‘xshamaslik, o‘z ustida ishlash va eng asosiysi qalb go‘zalligidadir. Odri Xepbyorn shularning barini o‘zida mujassam qilgani uning go‘zallik siri hisoblanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют