» » “Operativ tarzda, 24 soat uyqusiz faoliyatni amalga oshiramiz”. Behzod Musayev koronavirusga qarshi kurash borasida qilinayogan ishlar bo‘yicha izoh berdi

“Operativ tarzda, 24 soat uyqusiz faoliyatni amalga oshiramiz”. Behzod Musayev koronavirusga qarshi kurash borasida qilinayogan ishlar bo‘yicha izoh berdi


Toshkent shahrida koronavirusga qarshi 10 ming nafar shifokor doimiy ravishda ishlashi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Xalqaro press-klubning 20-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida aytib o‘tdi.

Anjumanda bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, poytaxtda koronavirusga qarshi kurashish maqsadida 10 ming nafardan ortiq shifokorning doimiy asosda ishlashini ta’minlash rejalashtirilgan.

“Undan tashqari, ‘O‘zekspomarkaz’da doimiy asosda zudlik bilan beriladigan birinchi tibbiy yordamni amalga oshirish uchun shu haftaning o‘zida 500 o‘rinli joy o‘rnatilmoqda. Chet el tajribalaridan kelib chiqqan holda, shu bilan muammoning oldini olamiz”, — dedi Behzod Musayev.

Agar zarurat tug‘ilsa, “O‘zekspomarkaz”ning boshqa pavilyonlari ham koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan zonaga aylantiriladi.

“Kerak bo‘lsa, yana kengaytirish imkoniyatlari o‘rganib chiqiladi va eng asosiysi, shu haftada respublikamizga yana 2,5 mingta jihoz hamda konsentrator yetib kelmoqda. Shu bilan operativ tarzda, 24 soat uyqusiz shu narsani boshqarishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiramiz”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazi maydonlarida tashkil etilayotgan koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan.

Bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bo‘lib, vaziyat juda og‘irlashganida “B” rejasi bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Markazni tashkil etish va ta’minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют