» » Turk aktyori Murat Yildirim va rafiqasi oltinchi marta farzandini yo‘qotdi

Turk aktyori Murat Yildirim va rafiqasi oltinchi marta farzandini yo‘qotdi


Taniqli turk aktyori Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani bir necha yildan beri farzand ko‘rishni orzu qiladi.

Bir necha hafta avval juftlikning farzand kutayotgani haqidagi xabar ularning muxlislarini quvontirgan edi. Murat ham juda baxtli edi. Biroq bu baxt uzoqqa cho‘zilmadi. Iman Elbani ikki oylik homilasidan ayrildi.

Qayd etilishicha, bu Murat va Imanning farzand ko‘rishga birinchi marta muvaffaqiyatsiz urinishi emas. Iman bundan avval ham besh marta homilasidan ayrilgan.

Yulduzli juftlik ota-ona bo‘lish ilinjida davolanishni davom ettirmoqda.

Ko‘ngilsiz hodisadan so‘ng Murat va Iman Bodrumga hordiq chiqarish uchun yo‘l olgan.

Bir necha kundan so‘ng er-xotin yana Istanbulga qaytadi. Sababi, Murat suratga tushayotgan “Ramo” serialining suratga olish ishlari boshlanadi.

Mavzuga doir: To‘ylariga prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘on tashrif buyurgan turkiyalik mashhurlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют