» » Rossiyaning Amur viloyatida o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida yuz bergan tartibsizlikning faol qatnashchilari hibsga olindi

Rossiyaning Amur viloyatida o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida yuz bergan tartibsizlikning faol qatnashchilari hibsga olindi


Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida 13-iyul, dushanba kuni yuz bergan norozilikning faol ishtirokchilari qo‘lga olindi, ikki kishiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Viloyat tergov boshqarmasining ma’lum qilishicha, tartibsizlikning 11 nafar eng faol ishtirokchisi qo‘lga olingan, 2 kishiga nisbatan tergovchining so‘roviga binoan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda qo‘lga olingan boshqa shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinmoqda. Tergovchilar tomonidan kompaniyaning zarar ko‘rgan binolar va savdo nuqtalari ko‘rib chiqilgan, buxgalteriya hujjatlari o‘rganilgan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, tartibsizlikka ishchi patentlari uchun to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yuzaga kelgan nizo sabab bo‘lgan.

“Interfaks” xabarida qo‘lga olinganlarning shaxsi va fuqaroligiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Amur viloyatidagi Renaissance Heavy Industries kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida isyon yuz bergan. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular uch oydan buyon ish haqini olmayotgani sababli mazkur ishga qo‘l urgan.

Amur viloyati gurbernatori Vasiliy Orlov Renaissance Heavy Industries pudratchi kompaniyasi vakillari hamda Amur gazni qayta ishlash zavodi quruvchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin ishchilarga turli shakldagi yordamlar taklif qilinganini bildirdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Amurdagi o‘zbekistonlik ishchilar isyoni nazoratga olinganini, voqea joyiga bosh konsul yetib borganini xabar berdi. Keyinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur mojaro hal etilgani va o‘zbekistonlik quruvchilar o‘z ish joyiga qaytganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют