» » Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi

Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi


Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mamatxonov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998—2016-yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016—2017-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

Mamatxonov 2018-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Muhammadzokir Mamatxonov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 16-iyuldagi buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют