» » O‘zbekistonda qurilish sohasi raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda qurilish sohasi raqamlashtiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyul, dushanba kuni arxitektura va qurilish sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident sohada korrupsiya va “xufiyona iqtisodiyot” holatlarini keskin tanqid qilib, qurilish tenderlarini o‘tkazish va pudrat tashkilotlarini tanlash jarayonlarini raqamlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda 32 mingta pudrat tashkiloti bor. 2020-yilning 1-sentabriga qadar qurilish korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati, davlat xaridlari, ishchi-xodimlar malakasi kabi ma’lumotlarni qamrab oluvchi yagona platformani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Bu platforma 1-noyabrga qadar Toshkent shahrida, keyingi yil boshidan respublika bo‘yicha joriy etiladi. Unga elektron mehnat daftarchasi tizimi ham integratsiya qilinadi.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda davlat dasturlari doirasida 3 mingdan ziyod qurilishdan atigi 182 tasida tender o‘tkazilgan. Chunki tender jarayonlari murakkab va unda narx arzonligi birlamchi. Qurilish tashkilotining malakasi, sifat masalasi past o‘rinlarda qolib ketgan.

Shu bois keyingi yildan boshlab yangi axborot tizimiga kiritilgan va reytingi yuritiladigan qurilish-pudrat korxonalariga mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, qurilish sohasida  mualliflik, texnik va davlat nazoratini takomillashtirish borasida alohida qaror qabul qilib, barcha sharoitlar yaratib berilgan. Endigi vazifa nazoratni hozirgidek qo‘lda emas, balki IT-texnologiyalarni joriy qilgan holda amalga oshirish ekanligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish korxonalari va obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish vazifasi yuklatildi.

2020-yilning 1-avgustidan boshlab Toshkent shahrida, keyingi yil boshidan boshqa hududlarda qurilishda aniqlangan barcha kamchiliklar fotosuratlari bilan tizimga onlayn kiritiladi va nazorat jarayonlari avtomatlashtiriladi.

Quruvchi tashkilot yoki fuqarolarga qurilish jarayoni tartiblari va shartlari haqida to‘liq ma’lumotlarni istalgan vaqtda olish imkoniyatini beruvchi onlayn tizim ishga tushiriladi.

Barcha shaharsozlik qoida va normalari interaktiv ko‘rinishga o‘tkazilishi, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha barcha jarayonlarni raqamlashtirish hamda ekspertiza xulosalarini yagona bazada saqlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, bu choralar mamlakatda qurilishga ruxsat berish jarayonini 254 kundan 84 kunga qisqartirish, ushbu jarayonlardagi tartib-taomillarni 17 tadan 5 taga kamaytirish, tadbirkorlar va fuqarolarning bu ishlarga sarflanadigan vaqtini 67 foizgacha qisqartirish imkonini beradi.

Yig‘ilishda mutasaddilar qurilish sohasini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash, shaharsozlik qoida va normalarini yangilash borasidagi ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

Avvalroq Qurilish vazirligi pudrat tashkilotlarining yangi reyting tizimi haqida ma’lumot bergandi. Shuningdek, qurilishda korrupsiya va qog‘ozbozlikni tugatishi kutilayotgan “Shaffof qurilish” tizimi haqida ma’lumot taqdim etilgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev bo‘sh turgan obyektlar to‘g‘risida qaror imzoladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют