» » FIFA “Navbahor”ga Kanchelskisning sobiq yordamchisiga 5,3 milliard so‘m to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi

FIFA “Navbahor”ga Kanchelskisning sobiq yordamchisiga 5,3 milliard so‘m to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi


FIFA Namanganning “Navbahor” futbol klubiga rossiyalik mutaxassis Aleksey Belenkovga 520 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.

Belenkov 2019-yil boshida “Navbahor”da Andrey Kanchelskisning yordamchisi sifatida ish boshlagandi. O‘sha yilning yozida Kanchelskis va Belenkov bilan shartnoma bekor qilingan. Biroq 2019-yilning kuzida rossiyalik mutaxassislar yana “Navbahor”ga qaytgandi. Keyinchalik Belenkovning ishdan olingani yoki u bilan shartnoma bekor qilingani haqida klub tomonidan birorta rasmiy ma’lumot berilmagan.

“Championat.asia”ning xabar qilishicha, “Navbahor” rahbariyati 2023-yilning dekabriga qadar mo‘ljallangan shartnoma bekor qilingandan keyin kelishuvda ko‘rsatilgan pullarni to‘lamagan. Murabbiyning yuristlari “Navbahor”ga 150 ming dollar to‘lashni va barcha masala yopilishini ma’lum qilgan. Biroq klub bunga e’tibor qilmagan.

Endilikda “Navbahor” 30 kun ichida rossiyalik mutaxassisga 520 ming dollar (5 milliard 300 million so‘m) to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi. Aks holda FIFA klubga nisbatan sanksiya qo‘llaydi.

Agar namanganliklar klubi shartlarni bajarmaydigan bo‘lsa, klubdan ochko tortib olinishi, transferlarga taqiq qo‘yilishi mumkin, jamoa hatto quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют