» » O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar milliy valyutadagi narxlashga o‘tadi

O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar milliy valyutadagi narxlashga o‘tadi


O‘zbekistonda joriy yil oxirigacha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlarini milliy valyutada narxlashga o‘tkazish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi. Bu haqda Usenet 2017 konferensiyasi doirasidagi davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Terabayt.uz”.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, bu borada iste’molchilardan, jumladan, korporativ mijozlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Ular asosan xizmatlarning AQSh dollarida narxlanishi bilan bog‘liq noqulayliklardan norozilik bildirgan.

“O‘tish jarayonining o‘zi katta mablag‘larni talab qiladi, bu arzonga tushadigan tadbir emas. Biroq, Harakatlar strategiyasiga ko‘ra, milliy valyutada narxlashga hamma o‘tadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror shu yil oxirigacha ishlab chiqiladi va kelgusi yildan amalga oshirila boshlaydi”, — deya ta’kidladi Umidjon A’lamov.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют