» » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov vafot etdi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydulla Botirov 20-iyul kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining axborot xizmati xabar qilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi”, — deyilgan xabarda.

Zubaydulla Botirov 1963-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1995-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi san’at institutining “Teatr dekoratsiyasi” bo‘limini Georgiy Brim rahbarligi ostida tugatgan.

1997—2005-yillarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan. 1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan bayramning bosh rassomi; 2002-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xalqaro forumi ochilishiga bag‘ishlangan bayramning bosh rassomi sifatida ishlagan.

2006-yilda Toshkent shahridagi Badiiy akademiya zalida rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. 2008-yili Toshkent shahridagi “Biyennale” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etgan, shu yili Muxtor Ashrafiy nomidagi uy-muzeyida o‘z asarlari ko‘rgazmasini namoyish etgan. Shuningdek, 2008-yilda “Jahon xalqlari san’ati” rassomlar uyushmasi xizmat ko‘rsatgan rassomi deb e’tirof qilingan.

Botirovga 2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. U 1994-yildan buyon Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida ijodiy faoliyatini yuritib kelayotgandi.

Rassomning ko‘pgina asarlari AQSh, Rossiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning xususiy kolleksiyalarida saqlanadi.

Avvalroq, 14-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida vafot etgani, 18-iyulda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayevning olamdan o‘tgani haqida xabarlar berilgan.

Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют