» » Hindistonning yirik kompaniyasi Sergeli tumanida 500 mln dollarlik katta qurilish loyihasini boshladi

Hindistonning yirik kompaniyasi Sergeli tumanida 500 mln dollarlik katta qurilish loyihasini boshladi


Hindistonning Minerva world of knowledge LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidan (Senat qaroriga asosan Toshkent shahri hududiga o‘tkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bunda universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Minerva world of knowledge LLC o‘rtasida 2019-yil 29-avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.

Qayd etilishicha, birinchi bosqichdagi o‘quv muassasalari 2021-yil IV chorakda, ikkinchi bosqichdagi shifoxona 2021-yil IV chorakda, uchinchi bosqichdagi mehmonxona 2021-yil IV chorakda va to‘rtinchi bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari, sport majmuasi 2026-yil IV chorakda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihaning 2026-yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘l qurilishi qachon yakunlanadi? (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют