» » Britaniya kompaniyasi ishlab chiqqan davolash usuli COVID-19’ning og‘ir shakli rivojlanishini 79 foizga kamaytirishi mumkin

Britaniya kompaniyasi ishlab chiqqan davolash usuli COVID-19’ning og‘ir shakli rivojlanishini 79 foizga kamaytirishi mumkin


Sautgemptondagi Synairgen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusdan davolash uslubi COVID-19’ning og‘ir shakli tezlashishini 79 foizga kamaytirishi mumkin. Bu haqda BBC News xabar qilgan.

Kompaniya Buyuk Britaniyaning to‘qqizta kasalxonasida kasallik tashxisi bilan davolangan 101 nafar ko‘ngillida olib borilgan tadqiqotlar natijalariga tayangan. Synairgen bemorlarga organizmda virus infeksiyasi paydo bo‘lishiga qarshi javob qaytaradigan beta-interferon bilan davolanishni taklif etgan. Ular nebulayzer vositasida nafas olgan va apparat o‘pkaga havo kiritib organizm immun tizimida reaksiya hosil qilishga sharoit yaratgan. Ishtirokchilarning yarmiga platsebo yolg‘on dori berilgan.

Synairgen vakillarining aytishicha, interferonning qo‘llanilishi kasalxonalardagi bemorlarning ahvoli yomonlashishiga to‘sqinlik qiladi, tadqiqotda ishtirok etganlarning ayrimlarida infeksiya hayotga xavf solmagan vaqtda undan sog‘ayish ko‘rsatkichi oshgan.

Kompaniya yaqin kunlarda boshqa xorij mamlakatlaridagi tadqiqot natijalari haqida ma’lum qiladi. Bu boradagi taqrizlar ilmiy ro‘znomalarda e’lon qilinmagan va BBC ushbu bayonotni rasman tasdiqlab bo‘lmasligini yozmoqda.

Sautgempton universiteti professori va tadqiqot rahbari Tom Uilkinson ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lmagani, biroq ijobiy samara yaqqol namoyon bo‘lganini qayd etgan. Agar natijalar keng miqyosda ham shunday ijobiy bo‘lsa, ushbu uslub bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o‘zgarishlar ro‘y beradi, deydi olim. Synairgen bosh direktori Richard Marsden tadqiqot natijalarini “o‘ziga xos tub burilish” deb atagan.

Avval Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada maxsus xizmatlari Rossiyani COVID-19 vaksinasini ishlab chiqayotgan xalqaro tadqiqot markazlarining tarmoqlariga yashirincha kirib, bu boradagi axborotlarni o‘g‘irlashga uringanlikda ayblagani, Rossiyada Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ga qarshi uchinchi yangi doridan foydalanishga ham ruxsat bergani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют