» » Namanganda ariqda cho‘milmaslikni aytgan 50 yoshli erkakni urgan yigitga jinoyat ishi ochildi

Namanganda ariqda cho‘milmaslikni aytgan 50 yoshli erkakni urgan yigitga jinoyat ishi ochildi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 13-iyul kuni 27 yoshli yigit mast holatda 50 yoshli erkak bilan janjallashib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 13-iyul kuni soat 01:00 da Uchqo‘rg‘on tumani “Oqtovlik” MFYda joylashgan 27 yoshli D.A. spirtli ichimlikdan mast holatda Jang arig‘ida cho‘milgan. Shu vaqtda ariq oldida joylashgan xonadonda yashovchi 50 yoshli K.K. ariq bo‘yiga kelib, D.A.ga yarim kechada mast holatda uning uyi oldida cho‘milmasligini aytib, haqorat qilgan. Shu sababli D.A. K.K.ning yuz va bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada K.K. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, K.K. bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi va qon quyilishi, bosh miya o‘ng yarim shari o‘tkir gigromasi kabi tan jarohatlari olgan va ular og‘ir tan jarohatlariga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda butun hududlari “qizil” bo‘lgan O‘zbekistonda soat 23:00 dan 07:00 gacha ko‘chada yurish taqiqlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют